"Bernabeu"da CHempionlar Ligasi o'yinlarida nimalar bo'lishini gap bilan tushintirish qiyin. Bu chinakamiga mo'jiza. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz va oxirigacha kurashamiz, sababi "Real" bizni shunga o'rgatadi. Bu erda final hushtagi chalinmaguncha taslim bo'lish mumkin emas.
Buni gap bilan tushuntirish qiyin, ayniqsa bu yildagi kabi ko'plab sehrli kechalardan keyin. Umid qilamanki, Madridda doim shunday bo'ladi.
Eng qiyin kambek – "Man Siti"ga qarshi. Vaqt deyarli qolmagandi, ammo jamoa va muxlislar oxirigacha ishonishdi, chunki klubimiz DNKsi shunaqa. Va biz buni uddaladik. Eng quvnoq kambek esa PSJga qarshi bo'ldi. Bu shunchaki aqlbovar qilmas 15-20 daqiqa edi.
PSJga qarshi o'sha o'yin bizni Parijga etaklab kelgan mo'jizali kechalarning birinchisi edi. Umid qilaman, CHempionlar Ligasini yana bir bor yutamiz", – dedi Real" yarim himoyachisi.