Benzema joriy mavsum xorijda to'p tepayotgan eng yaxshi franciyalik futbolchiga aylandi.
“Juda ham xursandman, bu doimo faxrlanishga arziydi. Bu sovrinni qo'lga kiritish oson emas, qoyilmaqom futbolchilar ko'p.
Orzumdagi hujumchiga aylandimmi? O'ylashimcha, ha. Men uchun muhimi statistika emas. Jamoamga gol urish uchun ko'maklashishga harakat qilaman.
Albatta, “Oltin to'p”ni yutishni orzu qilaman, ammo jamoa manfaatini o'zimnikidan ustun qo'ysamgina, unga erisha olaman”, deydi 33 yoshli francuz.