Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.
YANGILASH
13-daqiqa. GOOOOL! Luka Modrich kutilmaganda hujum markazida, himoyachilar etiboridan chetda qolib ketgan Ferlan Mendini ko'rdi, franciyalik himoyachi to'pni o'ziga o'nglab, biroz o'ylab oldida o'zi uni darvoza to'riga yo'llab qo'ya qoldi.
12-daqiqa. Himoyachi Son Karim Benzemaning jarima maydonchasi ichida yiqilishiga sababchi bo'lib qoldi. Biroq bu penalti emas, deb hisobladi hakam.
11-daqiqa. Uzatmadan keyin Valverde qaytargan to'p mehmonlar vakilining qo'liga tegib ketdi.
9-daqiqa. Valexo yarim himoyachilarning xatosini to'g'rilayman deb raqibga nisbatan ancha keskin tashlandi. Jarima zarbsini yana usha Pepelu amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi.
8-daqiqa. Pepelu ("Levante") o'yindagi birinchi burchak zarbasini chap qanotdan amalga oshirib berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
7-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi.
6-daqiqa. Kurutua ishonchli o'ynadi.
4-daqiqa. "Levante" to'pni nazorat qilishga urinmoqda.
3-daqiqa. Benzema zarba berdi, posbon o'z o'rnida.
2-daqiqa. Xorxe Miramon Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.
O'zining birinchi hujumidayoq "Levante" hisobni ochishi mumkin edi. Xose Luis Morales qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sherigiga uzatmay, o'zi zarba uchun imkon izlashga tushib ketdi, lekin niyatiga eta olmadi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
"Real Madrid" – "Levante"
13 may, 00.30, "Santyago Bernabeu"
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Valexo, Mendi, Modrich, Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.
"Levante" – Kardenas, Son, Rober, Kaseres, Postigo, Miramon, Radoya, Pepelu, Melero, Morales, Gomes.
Real Madrid | LaLiga . 36-tur 13/05/2022, 00:30 0 : 1 1-bo'lim | Levante |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu
Bosh hakam: Adrian Cordero
45' 90' 13' Ferland Mendy13' Luka Modric Match-senterda ochish