30 yoshli futbolchi Madrid klubida olayotgan o'yin amaliyotidan norozi. U "Sevilya"ga erkin agent maqomida o'tishi mumkin. Uning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Iskoning "Sevilya"ga o'tishi rasman may so'nggida bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasi finalidan so'ng elon qilinadi.
Isko 2013 yildan beri "Real" o'yinchisi hisoblanadi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.