«RB Leyptsig» hujumchisi Timo Vernerga «Real» tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Madrid superklubi skautlari Germaniya terma jamoasining 21 yoshli futbolchisini yaqinda bo'lib o'tgan JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Norvegiyaga qarshi o'yinda (6:0) kuzatishdi. Bu o'yinda Tipo dublga erishdi.
Verner Bundesliganing ushbu mavsumining 3ta o'yinida 3ta gol urdi. Germaniya chempionatining o'tgan mavsumida Verner 31ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgandi va 7ta golga uzatma bergandi.