Madridliklar "Borussiya" hujumchisini qo'lga kiritishdan manfaatdor edi, ammo yakunda kurashda "Manchester Siti" g'alaba qozondi.
Manbaning xabariga ko'ra, norvegiyalik futbolchining o'tgan oyda vafot etgan agenti Mino Rayola ispan jamoasi bilan kelishuvda ikkinchi mavsumdan kuchga kiradigan 150 million evrolik tovon puli qo'shilishini xohlagan.
Bu shart "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresga to'g'ri kelmadi, shu bois Rayolaning taklifi rad etildi.
"Siti" esa "Borussiya"ga 75 million evro to'laydi - bu summa uning dortmundliklar bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.