"Hali bizga hech narsa kafolatlanmagan - oldinda yana uchta qiyin raqib bor. Bizda ko'proq gol urish uchun etarli imkoniyatlar bo'ldi, ammo bu amalga oshmadi. Biz mavsumni yaxshiroq yakunlashimiz kerak. Yil barqaror o'tmadi, ammo muxlislar bizni doim qo'llab-quvvatlashdi. Bu juda ajoyib. Bizda ular oldida oxirigacha masuliyat bor", - deydi Simeone.
"Atletiko" 64 ochkoga ega va CHempionlar Ligasidagi ishtirokni taminlaydigan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Finishga uch tur qolganda "Betis" (58 ochko) beshinchi o'rinda bormoqda.