«Real» klubi vakillari jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning ayrim futbolchilarga nisbatan munosabatidan norozi bo'lishmoqda.
Jumladan, mutaxassis o'z o'g'li Luka Zidanni asosiy tarkibga surib borayotganiga futbolchilar hayron bo'lishmoqda. 19 yoshli darvozabon «Levante»ga qarshi o'yinda qaydnomadan o'rin oldi. Bundan tashqari, Lukaning "Real"ning ikkinchi jamoasidagi o'yini tez-tez tanqid ostiga olinadi.
«Real» La liganing dastlabki 3ta turidan keyin jadvalda 6-o'rinni egallab turibdi.