"Real"da o'ynashni xohlardim. Barcha o'yinchilar ushbu klub libosini kiyishni orzu qilishadi deb o'ylayman. Bu ramziy jamoa, ammo men PSJni hurmat qilaman va Parijda juda ham baxtliman", - deydi Paredes.
27 yoshli yarim himoyachi PSJda 2019 yildan beri o'ynaydi va 113ta o'yinda maydonga tushdi.
Paredes joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.