Ispaniya La Ligasi rahbari Xaver Tebas "Barselona" klubini ogohlantirdi.
Ma'lumki, oktyabr oyida Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi bo'yicha referendum o'tkaziladi.
"Agar Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqsa, bu hududga tegishli bo'lgan klublar mamlakat chempionatida o'ynamaydi. "Barselona"ga qaysi chempionatda ishtirok etishni tanlash huquqi berilmaydi.
Qonunga ko'ra, Ispaniyadan boshqa faqat bir mamlakat klublari bizda to'p surishi mumkin. U - Andorra" - dedi Tebas FootMercato xabarida.