"Menimcha "Real"dan ketgandan so'ng istefoga chiqaman, ammo jamoa mening 10 yilga shu erda qolishimni xohlasa, unda yana 10 yil qolaman. Kelajakda milliy jamoa ham variant bo'lishi mumkin. Nega yo'q? Xohlardim", - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, 62 yoshli mutaxassis "Real"ni 2021 yilning yozidan beri boshqarmoqda va jamoa bilan La Ligada g'olib bo'ldi. U Evropa top-5 chempionatlarini yutgan ilk mutaxassisga aylandi.
Murabbiyning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.