Ananaga ko'ra, keyingi turlarda raqib jamoalar musobaqa g'olibi uchun “chempionlik yo'lakchasi” tashkil qilishi kerak. Biroq, “Atletiko” 8 may kuni o'tadigan hamshaharlariga qarshi bahsda bunday qilmasligi haqida bayonot berdi.
“Atletiko” sportning asl qadriyatlari butunlay unutilgan, muxlislar o'rtasidagi keskinlik va qarama-qarshilikni rag'batlantiradigan bu kabi marosimda hech qachon ishtirok etmaydi. Oxirgi yillarda turli musobaqalarda, jumladan, ikki bor ligada muvaffaqiyatga erishganimizdan keyin bir nechta shunga o'xshash holatlarga duch keldik va bazi hollarda raqib chempionga xurmat ko'rsatdi, boshqalari esa bunday qilmadi, ammo ularning emociyalari suniy va juda bo'rttirilgandek taasurot qoldirdi. So'nggi haftalarda biz boshdan kechirayotgan davr ham oldin kuzatilmagandi”, deya xabar bergan klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, “Madrid derbisi” 8 may kuni soat 23:59 da start oladi.