"Qirollik klubi" chempionatning 34-turida "Espanol"ni mag'lub etdi va chempionlik sovrinini qo'lga kiritdi. Bu esa Marselo uchun klubdagi 24-sovrin bo'ldi. SHu orqali u Francisko Xentoni quvib o'tdi.
33 yoshli Marselo bunga qadar "Real" tarkibida 6 marta Ispaniya chempioni, ikki karra kubogi va 5 karra Superkubogi sohibi bo'lishdan tashqari, 4 marta ECHL, 3 bora UEFA Superkubogi va 4 marta klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgan.