Manbaga ko'ra, “Real” MYU forvard Krishtianu Ronaldu bilan qiziqmoqda. Portugaliyalik Madridga qaytishga qarshi emas.
U 2021 yil avgustidan beri “qizil iblislar” sharafini himoya qilmoqda va amaldagi kelishuv 2023 yil yozigacha mo'ljallangan. SHuningdek, bitimga ko'ra, uni yana bir yilga uzaytirish mumkin.
37 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 28 o'yinda qatnashib, 17+3 natija ko'rsatmoqda. "Manchester Yunayted" katta ehtimol bilan keyingi mavsum ECHLda qatnashmaydi.
Krishtianu 2009-2018 yillar davomida “qaymoqranglilar” safida harakat qilgan.