Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" uchun chempionlik keltirish mumkin bo'lgan o'yin prevyusi

Bugun La Liga 34-turi doirasida "Real" o'z uyida "Espanol"ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid"

ECHLda yarim finalda kurshani davom ettirayotgan "Real" La Liganing 33 o'yinidan keyin 24 ta g'alaba va 6 durang qayd etdi. 78 ochko va etakchilikdan tashqari jamoa hujumda ham eng sermahsul o'yin ko'rsatmoqda - 69 ta gol. Oxirgi ikki turda "qaymoqranglilar" "Sevilya"ni (3:2) va "Osasuna"ni (3:1) mag'lub etishdi.

Bugun Nacho va Militao diskvalifikaciya, Alaba esa jarohat sabab jamoaga yordam berolmasligi aniq bo'lsa, yana bir qator futbolchilar, hattoki qaydnomaga kirganlar ham murabbiyning qaroriga ko'ra dam olishi kutilmoqda. Axir oldinda "Man Siti"ga qarshi javob bahsi kutib turibdi. 

"Espanol"

Bu mavsum "Espanol" avvalgisiga qaraganda yaxshiroq harakat qilmoqda, ammo jamoa ko'plab jihatlarda hali jiddiy ish olib borishi zarurligi turgan gap. Tajribali futbolchilar etishmovchiligi o'z so'zini aytmoqda. Ispaniya Kubogida "Ponferradina" va "Palensiya"ni engib o'tgan barselonaliklar 1/8 finalda "Malorka"ga imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya chempionatida 33-turdan keyin Visente Moreno jamoasi 10 g'alaba va 9 durang bilan 39 ochko jamg'arib, 13-pog'onani band etib turibdi. 10 aprel kuni "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (1:0) mehmonlar ikkita o'yinda mag'lub bo'lishgan.

Bugun jamoaga jarohat sabab Oskar Gil va Keydi Bare yordam bera olmaydi. 

Real Madrid

LaLiga . 34-tur

30/04/2022, 19:15

- : - Boshlanmadi

Espanyol

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Jose Munuera

Match-senterda ochish

Bu bahsda mezbonlar qanday tarkibda maydonga tushgan taqdirda ham favorit bo'lib qolaveradi. Albatta, kim ham chempionlikni o'z stadionida nishonlashni xohlamaydi? Qo'shimchasiga, "Siti"ga qarshi og'ir va muhim uchrashuv oldidan bu g'alaba pozitiv kayfiyatga sabab bo'ladi. Barselonaliklar esa so'nggi turlarda ancha horg'in ko'rinishmoqda. 

BestMaster
30 Aprel 2022, 18:00
uchun, chempionlik, keltirish, mumkin, bolgan, oyin, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads