Jurnalist Nizar Kinsellaning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchi bilan 2023 yilda shartnoma imzolashga urinishlarini malum qilish uchun u bilan aloqaga chiqishdi.
APLda 5ta gol va 6ta assist qayd etganiga qaramay, Jeyms "CHelsi"da eng kam oladigan o'yinchilardan biri. Yangi xo'jayinning bosh maqsadlaridan biri 2025 yilga qadar shartnomasi mo'ljallangan o'yinchi bilan bitimni uzaytirish bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Jeyms "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2019 yilning yozidan beri London klubi asosiy jamoasida o'ynaydi.