"Manchester Siti" – "Real Madrid" 4:3
"Etixad Stedium"
Gollar: 1:0 – 2 de Bryuyne, 2:0 – 11 Gabriel Jezus, 2:1 – 33 Benzema, 3:1 – 53 Foden, 3:2 – 55 Vinisius Junior, 4:2 – 74 Bernardu Silva, 4:3 – 82, penalti Benzema.
"Manchester Siti" – Ederson, Stounz (Fernandino, 36), Laport, Ruben Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Marez, Gabriel Jezus (Sterling, 83).
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba (Nacho, 46), Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 79), Kroos, Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 88), Rodrigo (Kamavinga, 70).
Ogohlantirish: Fernandino (81).
*Javob o'yini kelasi hafta, 4 may kuni bo'lib o'tadi.
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+2. Maydonga muxlislar tushib, qo'riqchilardan qochib yurishipti.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
85. Sterling va Diash to'pni darvozaga burib yubora olishmadi.
82. GOOOL! Benzema Edersonga qarshi duelda g'olib chiqdi. Hisob 4:3.
80. PENALTI! Hakam "Siti" darvozasiga penalti belgiladi. Havodagi kurashda to'p Emerik Lyaportning qo'lga tegdi.
79. O'zgarish: Modrich o'rniga Sebalos o'yinga qo'shildi.
74. GOOOL! BERNARDU SILVA! 4:2! Zinchenko yiqitilganidan so'ng to'p Bernarduga tushdi, u chaproqqa surildi va o'tkir burchakdan darvozabonga yaqin bo'lgan ustun tomonga zarba berdi. Kurtua bunday zarbani kutmagandi va to'p darvozaga kirishini shunchaki tomosha qildi.
70. "Real"da o'zgarish: Rodrigo o'rniga Kamavinga maydonga tushdi.
67. "Siti" hujumida Lyaport paydo bo'ldi. Zinchenko pastlatib uzatgan to'pni Emerik darvozaga burdi, ammo Kurtua to'pni ilib olishga erishdi.
57. Militao bosh bilan zarba berdi, ammo to'p Edersonning qo'liga borib tushdi.
56. VINI! Braziliyalik iqtidoq bir harakat bilan Fernandinodan qochib ketdi. Yigitcha darvozaga zarba berishda ham adashmadi. 3:2. 56 daqiqa ichida 5ta gol bo'ldi. Bugun ochiq eshiklar kunimi?
54. Benzema himoyada nimalar bo'layotganiga tushunmayapti.
53. GOOOL! 3:1! FOOODEN! Fernandinoning qanotdan uzatgan to'pi to'g'ri Filning boshiga borib tushdi, oyoqdagi o'yini bilan ko'pchilikni hayron qoldirgan Foden boshda ham gol ura olishini ko'rsatdi.
48. Marez Kurtua bilan duelda uzoq burchakdagi to'sinni nishonga oldi, qaytgan to'pni Foden darvozaga yo'lladi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS!
45. Kroos o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. Taym yakunlanishidan avval "Siti" gol urish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi. KEVIN... To'p jonli devorga tegib qaytdi.
43. Birinchi bo'lim shamoldek o'tdi. Bahs qiziqligidan vaqt qanday o'tib ketganini sezmay qoldik.
36. "Siti" safida kutilmagan o'zgarish: Stouns o'rniga Fernandino maydonga tushdi. Gvardiola o'z jamoasi himoyasida "tirqish" borligini payqagan ko'rinadi.
33. GOOOL! BENZEMA! Mendi chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, Karim esa chap oyog'i bilan to'pga zarba berib, uni uzoq burchakka kiritib yubordi. 2:1. Kambek ko'ramizmi?
31. Zinchenko ham zarba orqali omadini sinab ko'rdi, biroq to'p darvoza yonidan o'tdi.
30. Alaba hujumga yordamga keldi. Jamoadoshining uzatmasidan so'ng David to'pga boshi bilan zarba berdi, ammo noaniq.
29. Endi Foden golli vaziyatni yo'qqa chiqardi. Marez va Kevinlarning pasidan so'ng Foden posbon bilan deyarli birga bir chiqdi, biroq zarba noaniq bo'ldi.
27. "Siti"da o'ta xavfli hujum, ammo Marez pas beradigan vaziyatda darvozaga zarba berdi va Gvardiolaning g'azabini chiqardi.
26. Mana o'sha xato. Diash himoyada to'pni oldirib qo'ydi. Vini esa to'pni orqaroqqa uzatdi, ammo kutilmaganda himoyachi to'pni o'z darvozasiga burib yubordi. To'p ustunga tegdi, biroq yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini ko'rsatdi.
25. Marez yiqilib tushganida O'zbekiston bayrog'ini ko'rganlar bormi?
18. "Real" hujumlar tashkil etishda muammolarga duch kelyapti, chunki "shaharliklar" bugun deyarli benuqson o'yin ko'rsatishmoqda. "Qirollik klubi" vakillari esa raqibning xatosini kutishyapti.
11. GOOOL! YANA "SITI! Bu safar Kevin De Bryuyne assistent rolida bo'ldi. U qanotdan uzatgan to'p Gabriel Jezusga borib tushdi. Braziliyalik Alabaning xatosidan foydalanib, darvoza tomonga o'girildi va o'yindagi ikkinchi golni urdi.
6. "Sii" yana bir o'ta xavfli hujum tashkil qilayotgandi, ammo Jezus to'pni qabul qilayotganda xatoga yo'l qo'ydi.
2. GOOOL! HISOB OCHILDI! Kevin De Bryuyne! Qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Kevin De Bryuyne boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
1. Uchrashuv boshlandi.
"Manchester Siti" – "Real Madrid"
26 aprel, 23.59, «Etixad Stedium»
"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Dias, Laport, Zinchenko, Rodrigo, de Bruyne, Bernardo, Maxrez, Foden, Jezus.
Zaxira: Steffan, Karson, Ake, Sterling, Gyundogan, Grilish, Fernandino, Igan-Rayli, Mbete, MakAtee, Laviya
"Real Madrid": Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Mendi, Kroos, Modrich, Valverde, Vinisius, Rodrigo, Benzema.
Zaxira: Lunin, Fuydias, Valexo, Nacho, Asensio, Marselo, Kazemiro, Vaskes, Beyl, Sebalos, Isko, Kamavinga.