O'yinchi va nemis grandi o'rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar barbod bo'ldi, shunday ekan myunxenliklar futbolchini sotishga qarshi emas. Vingerning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gnabri "Bavariya"ga 2017 yilda "Verder"dan 8 mln evro evaziga o'tdi. O'yinchi hozirda transfermarkt'da 70 millionga baholanmoqda.
26 yoshli nemis joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 10ta assist qayd etdi.