Unda "qirollik klubi" 3:1 hisobida zafar quchdi va navbatdagi 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Karlo Anchelotti jamoasi 33 o'yindan keyin 78 ochko jamg'argan.
"Barselona" hisobida 60 ochko mavjud, biroq kataloniyaliklarning 2 ta zaxira o'yini bor. Toshkent vaqti bilan 22 aprelga o'tar kechasi 00:30 da Xavi jamoasi "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi.
Yakshanba oqshomida esa "ko'k-anorranglilar"ni "Rayo"ga qarshi bahs kutib turibdi. Ushbu ikki o'yinda "Barsa" ochko yo'qotadigan bo'lsa, "Real" avtomatik tarzda chempionga aylanadi.
Bu turda "Granada"ni enga olmagan amaldagi chempion "Atletiko" va o'z o'yinini endi o'tkazadigan "Sevilya" matematik jihatdan ham chempionlik uchun imkoniyatlarini yo'qotib bo'lishgan.
La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.