"Lion" yarimhimoyachisi Matye Valbuena "Real" hujumchisi Karim Benzemaning so'zlariga javob qaytardi: "Menimcha, Valbuena aqldan ozgan. Yarim yil oldin men unga dushman edim, endi esa u men bilan yarashishga qarshi emas." degan edi Benzema.
Bunga javoban esa Valbuena: "Tuhmat - kuchsizlarning zaif bir qurolidir! Bu qayg'uli. Haqiqat adolat qaror topadi." - deya Valbuena twitter orqali javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, 2015-yilda Karim Benzema Matye Valbuenani videoyozuv orqali shantaj qilganlikda ayblanib terma jamoadan chetlatilgan edi.