Eng yaqin taqibchi “Barselona” 32-turda autsayderlar qatoridagi “Kadis”ga minimal (0:1) hisobida yutqazdi. Kataloniyaliklar hisobida bitta zaxira o'yini bor va “qaymoqranglilar” bilan oradagi farq 15 ochkoni tashkil etmoqda.
Karlo Anchelotti shogirdlari muddatidan oldin chempionlik masalasini hal etishi uchun keyin 6 o'yinda 7 ochko jamg'arishi lozim.
Agar bu yuz bersa, Anchelotti top-5 ligalarining barchasida mamlakat titulini qo'lga kiritgan ilk mutaxassisga aylanadi.