Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
YANGILASH
27-daqiqa. "Real" hozircha o'ziga o'xashmayapti va aksincha "Sevilya" o'ta dadil harakat qilmoqda.
25-daqiqa. GOOOOOOL! Birinchi goldan o'ziga kelib ulgurmagan "Real" ikkinchi golni qo'yib yubordi. Erik Lamela gol muallifiga aylandi.
O'yinni qo'rqmay boshlagan "Sevilya" hisobni ochdi.
21-daqiqa. To'p oldida Ivan Rakitich. GOOOOOOOOL! Qanday gol. Rakitich hammani shoshirib qo'ydi.
20-daqiqa. Luka Modrich kechagina o'zini maqtab intervyu bergan Papu Gomesdan to'pni olib qo'ya olmadi va jarima zarbasi belgilandi.
Bo'ldi, o'yin davom etadi. Bunga penalti berilmaydi.
19-daqiqa. Qiziq vaziyat... Yassin Bununing qo'lidan chiqib ketgan to'p himoyachining ham qo'liga tekkan. "VAR"ni kutamiz.
17-daqiqa. "Sevilya" bu safar o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo Rakitich havodan uzatgan to'pini Kurtua osongina ushlab oldi.
14-daqiqa. Militao gavdasidan foydalanib, raqibini chetga chiqarib qo'ydi va to'pni jamoasiga qaytarib berdi.
11-daqiqa. "Real" futbolchilari Militao va Valverde bir-birini oxirigacha tushunmay, to'pni oldirib qo'yishgandi, lekin "Sevilya" vakillari ham tezkor qarshi hujumga o'tib keta olishmadi.
10-daqiqa. Dani Karvaxal qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi va natijada Antoni Marsyalni maydonga qulashiga sababchi bo'ldi.
9-daqiqa. Antoni Marsyal imkon topdi deguncha zarba berdi, ammo urinishi biroz noaniq chiqdi.
7-daqiqa. Lopetegi aniq ko'rsatma bergan chog'i "Sevilya" yana chapdan raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rdi. Vaskes to'pni ortiga o'tkazib yuborgan bo'lsada, Xesus Koronani jarima maydonchasiga kiritmadi.
6-daqiqa. O'ngroqdan rivojlangan hujumni Kamavinga jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunladi.
4-daqiqa. "Real" mehmonda bo'lsada, ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga rozi emas.
Andalusiyaliklar o'yinni ketma-ket hujumlar bilan boshlashdi. Asosan chap qanot faollik ko'rsatmoqda.
1-daqiqa. "Sevilya" ilk soniyalardan bugun kim mezbonligini ko'rsatib qo'yish niyatida chog'i.
Tribunalarda bo'sh o'rinlar deyarli qolmagan. Mezbon jamoa ishqibozlari bugungi bellashuvga yaxshigina tayyorgarlik ko'rishgani sezilib turibdi. Maxsus bannerlar, stadion ichi hamda atrofida chiroyli manzara va minglab muxlislar o'yinga tayyor.
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.
"Sevilya" - "Real Madrid"
Sevilya – Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich, Gomes, Jordan, Lamela, Korona, Marsyal.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Vaskes, Modrich, Kroos, Kamavinga, Valverde, Benzema, Vinisius Junior.
Sevilla Ivan Rakitic - 21', Erik Lamela - 25' | LaLiga . 32-tur 18/04/2022, 00:00 0 : 2 1-bo'lim | Real Madrid |
Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan
Bosh hakam: Guillermo Cuadra
45' 90' 21' Ivan Rakitic25' Erik Lamela25' Jesus Corona Match-senterda ochish