"Marca" xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi klub rahbariyati bilan doimiy aloqada va barcha ishlarni birgalikda hal qilishmoqda. Juma kuni tomonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan.
Unda "Real"ning yozgi transferlar oynasi vaqtidagi rejalari gaplashib olingan. Klub rahbariyati futbolchilarning sotuvi bo'lsagina jamoaga boshqa futbolchilarni olib kelinishini malum qilishgan. "Real" yozda bir qancha futbolchilarini 75-100 million evro atrofidagi summa evaziga sotib yuborishni reja qilmoqda.