"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan futbolchilik faoliyatida "MYu" tarkibida to'p surishi mumkin edi.
Mirror xabariga ko'ra, "MYu" klubi boshqaruvining sobiq a'zolaridan biri Martin Edvards bu haqda gapirgan.
"Zidan va Erik Kantona bir nuqtada to'p surardi. Fergyuson Zidanning transferi natijasida Kantonani xafa qilib qo'yishdan qo'rqdi.
Afsuski, bu voqea odamni ranjitadi. Chunki, Kantona bir yildan so'ng faoliyatini yakunladi. Zidanning esa ayni kuchga to'lgan payti edi. U vatandoshi ishini davom ettirishi mumkin edi" - dedi Edvards.