"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Barselona" klubining Ispaniya chempionati tarkibidan chiqishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
Ma'lumki, oktyabr oyida Kataloniya hududi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun referendum o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Nima deyishim mumkin, "Barselona"siz Ispaniya chempionatini tasavvur qilolmayapman. Futbol muxlisi sifatida buni miyamga sig'dirolmayapman, bu voqea yuz berishi mumkin emas.
"Barselona" har doim La Ligada to'p surishi kerak. Umid qilamanki, u Ispaniyani tark etmaydi" - dedi mutaxassis El Mundo Deportivo xabarida.