Ispaniyalik futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli etib 60 million evro ko'rsatilgan, bu esa klublarga ushbu bandga amal qilgan holda istalgan vaqtda muzokaralarni boshlash imkonini beradi. Jurnalist Kike Marinaning so'zlariga ko'ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi shunday yo'l tutishni rejalashtirmoqda.
Mikel Merino Transfermarkt portali tomonidan 50 million evroga baholangan. 25 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsumda "Sosedad" safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Merinoning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.