"Real" tarbiyalanuvchisi Esteban Granero "Barselona" futbolchilari Lionel Messi va Jerar Pike bilan bog'liq qiziq voqeani aytib berdi.
"Mehmonxonada Pikeni ko'rib qoldim. O'sha paytda ularni doim mag'lub etardik. Pike menga: "Bu yil sizlarni mag'lub etamiz. Ha, chunki bizda buyuk futbolchi bo'lib etishadigan yigit bor" - dedi va basseyn tomonga ishora qildi.
Qarasam, kichkinagina bolakay basseyn chetida oyog'ini suvga osiltirib, hayolga cho'mib o'tirgan ekan.
Pike har doim hazilkash bo'lgani uchun, bu gapini jiddiy qabul qilmadim. O'shanda Messini birinchi marta ko'rgan edim.
Ertasiga ular bizni 3:0 hisobida yanchib tashlashdi" - dedi 30 yoshli futbolchi El Pais xabarida.