"Qirollik klubi" ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:1, 2:3) ustun keldi va keyingi bosqichda "Manchester Siti" – "Atletiko" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
O'yindan keyin mezbonlar ustozi Karlo Anchelotti jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Oson o'yin bo'lmadi. Menimcha, bugun bizga gol urish uchun kerakli darajada ishtiyoq etishmadi. CHunki bunga u qadar zarurat yo'q edi
Ikkinchi gol nohaq urildi, hisob 0:3 bo'lganidan keyin esa futbolchilar uyg'onishdi va natija uchun borlarini berib, xarakter ko'rsatishdi. Nazarimda ajoyib to'qnashuvda haqli g'alabaga erishdik. Uchta to'p ortda qolayotganimizda biz o'zimizni erkinroq his eta boshladik va ushbu stadion, klub mo'jizasi katta sahnaga chiqdi.
Ingliz klublari ispan klublaridan kuchliroq deyishgandi. Yarim finalga esa La Liganing ikki klubi chiqdi", – dedi Anchelotti.