Jurnalist Mirko Kallemaning xabariga ko'ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishga rozilik bildirmadi, sababi u "Real"da PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan juftlikda o'ynamoqchi.
Qayd etish kerakki, faoliyatini bunday holda davom ettirish Xoland uchun maqsad hisoblanadi.
SHu bilan birga, ispan klubi ikki hujumchining o'tishini xohlamoqda.
Norvegiyalik futbolchi joriy mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi. 23 yoshli francuz esa PSJ tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 20ta assistga erishdi.