"Birinchi bo'limda barchasi yomon bo'ldi. O'z vaqtidagi to'p oshirishlar, aniqlik, yakkakurashlardagi samaradorlik etishmadi.
Tanaffusdan so'ng biz darvozaga zarba berish bo'yicha raqibdan yaxshiroq harakat qildik. O'yinga qaytish imkoni doimo bor. Ammo, biz ikkinchi bo'lim boshidayoq gol o'tkazib yuborsak, bu ishni uddalash qiyin. Bizda hisobni 2:3 qilishga imkoniyatlar bo'ldi. Bu qarama-qarshilikda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo, buni uddalay olmadik.
Avvalgi darajamizga qayta olmayapmiz. Terma jamoalar o'yinidan so'ng qanday formada ekanligimizni bilmayman, ammo bunday o'yin bilan "Real"ga qarshi chorak final bahsida ijobiy natijaga umid qilish noto'g'ri", - dedi Tuxel.