"Kastilya" bosh murabbiyi Santiago Solari "Kastilya"da ishlashda davom etadi. Segunda B (G-2) ishtirok etayotgan "Madrid" farm-klubi La Liga - 2 ga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Ammo klub rahbariyati argentinalik mutaxasisga to'liq ishonch bildirishini aytib o'tishgan.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" sobiq futbolchisi boshchilik qilayotgan "Kastilya" Segunda B da 51 ochko to'plagan holda 11-o'rinda bormoqda. (13 g'alaba, 12 ta durang va 13 ta maglubiyat)