Mutaxassis hali koronavirusga manfiy test topshirmadi.
Anchelotti ertaga o'yin oldidan jamoaga borib qo'shilish ehtimoli bor. Bu uchun italiyalik COVID-19'ga manfiy test topshirishi kerak, shundan so'ng unga Londonga uchishga ruxsat beriladi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2009-2011 yillar davomida "CHelsi"da ishlagan va jamoa bilan APL va Angliya Kubogini qo'lga kiritgan.