«Real» prezidenti Florentino Peres klublar moliyaviy feyr-pleyga amal qilishi kerakligini aytdi.
"Moliyaviy feyr-pleyga amal qilish kerak. Biroq, bu qoidalarni o'zgartirish lozim. Xususan, xorijiy manbalardan keladigan pullarga yo'l ochish kerak. Bu klublarga yaxshi futbolchilarni xarid qilib, raqobatbardosh bo'lishga yordam beradi.
«Real» Qatar loyihalari bilan bellashishga tayyor. 2000 yilda «Real»ga kelganimda men bu modelni taklif qilganman. Endi boshqa klublar ham bunga ergashib, o'z safida yulduzlarni to'plashga harakat qilmoqda" - dedi Peres.