“Kilian bilan terma jamoada o'ynash menga yoqadi va u bilan bitta klubda o'ynashni ham xohlardim. O'ylashimcha, biz ikki hissa ko'proq gol urardik, balki uch hissa ham”, deydi Benzema.
Avvalroq, Mbappe kelajagi borasida bir qarorga kelmagani haqida aytgandi. 23 yoshli francuzning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi.