Nashrning yozishicha, uelslik yulduz Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan so'ng faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunida “Real”ni tark etishi va “Kardiff Siti” bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Uels terma jamoasi hali jahon chempionatiga chiqmagan. "Ajdarlar" pley-offning final bahsida SHotlandiya – Ukraina juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.