Madrid klubi Ukraina klubi o'ng qanot himoyachisi Vinisius Tobiasning o'tishi borasidagi bitimni yopdi.
"Real" braziliyalikni 18 million evroga xarid qilish huquqi bilan ikki mavsumga ijaraga oladi. 18 yoshli o'yinchi avvaliga "qaymoqranglilar"ning ikkinchi jamoasiga qayd qilinadi.
Vinisius "SHaxtyor" tarkibida hali birorta rasmiy o'yin o'tkazmagan. "Real" FIFAning Rossiya va Ukraina klublari bilan futbolchilar shartnomalarini to'xtatishi mumkinligi borasidagi qaror tufayli u bilan shartnoma imzolaydi.