Ammo, uning o'yini madridliklar skautlarini hayron qoldirmadi va uni xarid qilishni rad etishdi.
"Ko'rikda bo'lgan paytimda, maydon qor edi. Ular mening bunday joyda qay tarzda o'ynashga harakat qilganimni ko'rishdi, keyin esa menga etarlicha yaxshi emasligimni aytishdi. Ammo, ularning rad javobi men uchun qo'shimcha motivaciya bo'ldi", - deydi Pedri.
19 yoshli o'yinchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2019 yilning 2 sentyabrida "Las-Palmas" bilan Pedrining 2020 yilning iyulida o'tishi borasida 5 million evrolik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi.