Bu haqda UEFA xabar bermoqda.
Barselonadagi "Kamp Nou" stadioniga 91 553 muxlis tashrif buyurdi.
Oldingi rekord Pasadina (AQSH)da JCH-1999 finali doirasidagi AQSH va Xitoy (0:0, penaltilar bo'yicha 5:4) o'rtasidagi o'yinda o'rnatilgan edi. O'shanda o'yinga 90 185 muxlis tashrif buyurgan.
"Barselona" 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniya jamoasi ilk o'yinda 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi.
Ispaniya jamoasi yarim finalda "Arsenal" - "Volfsburg" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finali 21 may kuni Turinda bo'lib o'tadi. "Barselona" musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.