"AS" xabariga ko'ra, agarda mavsum juda yomon yakunlansagina klub rahbariyati 62 yoshli mutaxassisning istefosi haqida bosh qotiradi. "Real"ning ECHLdan chiqib ketishi istefoga tasir qilmasligi mumkin, ammo Anchelottini ushbu mavsum LaLiga sovrini qutqarib qola olishi kutilmoqda.
"Real"dagilar "Barselona"ga mag'lubiyatidan keyin jamoaning potencialiga pastroq baho berishni boshlagan. Endi rahbariyat Anchelotti oldiga barqarorlikning qaytishini maqsad qilib qo'yishgan.
2014/15 yilgi mavsumda Anchelotti qo'l ostida "Real" mavsumni yaxshi o'tkazayotgandi, ammo "Valensiya"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin "qirollik klubi"da muammolar boshlangandi. Yakunda "Barselona" 4 ochkolik farq bilan chempionlikni qo'lga kiritgandi. Anchelotti esa mavsum yakunidan keyin istefoga chiqarilgan.
Ayni damda "Real" LaLiga turnir jadvalida "Sevilya"ni 9 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.