“Marca” manbasiga ko'ra, “qaymoqranglilar” himoyani kuchaytirish uchun ko'p mablag' sarlashni istamayapti va braziliyalikning o'rniga 2 nomzodning variantini ko'rib chiqmoqda. Ulardan biri klub tarbiyalanuvchisi Migel Guterres, keyingisi esa “Rayo Valekano” himoyachisi Fran Garsiya hisoblanadi. Garsiyaning transferi 5 mln evroga baholanmoqda.
Marselo 2007 yildan beri “Qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum Primerada 9 o'yinda qatnashib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.