Xabarlarga ko'ra, "El Matador"ga bir qator takliflar bo'lsa-da, uning o'zi La Ligaga yo'l olishni istaydi. Kavani MYUda ko'p o'yinlarda maydonga tushmadi. Ingliz matbuoti futbolchining Ispaniyaga qaytishni istayotgani haqida yozgan. The Sun nashri Kavaning yangi mavsumda "Real Sosedad"ga o'tishini takidlamoqda. Kavani allaqachon bask klubi bilan kelishuvga erishgan. Ispan klubi hujumchi uchun "River Pleyt" va "Inter" bilan kurash olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Kavanining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.