Uning fikricha, "El Klasiko"dagi g'alaba (4:0) "ko'k-anorranglilar"ga joriy mavsumda La Ligadagi muvaffaqiyatga umid baxsh etadi.
"Endi chempionlik uchun kurashishimizni istayman. Men bu haqda gapirayotganimning boisi jamoa rivojlanmoqda. "Real Madrid"da esa pasayish boshlanishi mumkin, chunki ular butun mavsum davomida 13-14 nafar futbolchining xizmatidan foydalanishdi.
CHempionatning final bosqichiga oltin uchun kurashish umidi bilan kirib boryapmiz. "Barsa" 12 ochko ortda qolmoqda. “Rayo Valekano” ustidan g'alaba qozongan taqdirimizda “Real” bilan farq 9 ochkoni tashkil qiladi.
Qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonish haqida o'ylashimiz darkor. Bu juda katta sinov, lekin biz chaqiriqlarni yaxshi ko'ramiz. Ushbu klubning mentaliteti shunday", – dedi Laporta.