PSJ klubi yozda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritishga urinib ko'rgan.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, parijliklar soliqlar bilan bog'liq muammolardan aziyat chekayotgan futbolchining tushkun kayfiyatidan foydalanib qolmoqchi bo'lgan va unga "sovchi" yuborishgan.
Ammo Ronaldu o'ylab ko'rish uchun muxlat so'ragan. Keyinchalik "Real"da qolishga qaror qilgan.
Shundan so'ng PSJ Neymar va Mbappe transferi bo'yicha ish boshlagan.