Kataloniyaliklar himoyachisi Dani Alves 86-daqiqada Xordi Albaning o'rniga maydonga tushdi va jamoa libosidagi yubiley 400-o'yinida qatnashdi. 38 yoshli braziliyalik bu borada 11-o'rinda bormoqda, etakchi esa Lionel Messi hisoblanadi – 778 bahs. Kuchli o'nlikka Gilermo Amor (416) yakun yasamoqda.
Alvesning “Barsa” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. U 2008-2016 yillarda “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilgan va 2021 yil noyabrida “Kamp Nou”ga qaytdi.