Kataloniyaliklar 2019 yil 2 martdan beri ilk marta madridliklarni engishga muvaffaq bo'lishdi. “Barsa” o'tgan 6 o'yinning bittasida durang o'ynab, qatorasiga besh o'yindan buyon mag'lubiyatga uchrab kelayotgandi.
SHuningdek, Xavi murabbiy sifatida “Real”ni birinchi marotaba yutdi. 42 yoshli mutaxassis “ko'kanorranglilar” boshqaruvidagi “qaymoqranglilar”ga qarshi debyutini Ispaniya Superkubogi doirasida o'tkazib, qo'shimcha taymlarda 2:3 hisobida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.