"Simeonening "Atletiko" bilan qilgan ishi futbolga aloqador bo'lgan barchaning hurmatiga loyiq. El CHolo klubni o'zgartirdi. Ungacha bu bitta jamoa edi, hozir esa umuman boshqacha.
Hozirda "Atletiko" Ispaniya chempionati va CHempionlar Ligasidagi g'oliblik uchun kurashmoqda. Men unga ulkan hurmat bilan munosabatda bo'laman", - deydi braziliyalik.
Simeone 2011 yildan beri "Atletiko"ni boshqaradi, u jamoa bilan La Liga (ikki bor), Ispaniya Kubogi va Superkubogi, Evropa Ligasi (ikki bor) va Evropa Superkubogi (ikki bor)ni qo'lga kiritgan. Argentinalik shuningdek ikki bor CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan.
Simeone "Real"ning PSJ ustidan qozongan g'alabasi haqida: "Bunday remontada hayratlanarli. "Real" yana bir bor Madridning Evropadagi o'rnini eslatib qo'ydi"