Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida qarorga kelmadi. Norvegiyalikning qaror qabul qilishi kerak bo'lgan sana mavjud emas, ammo "Borussiya" bu narsa tezroq amalga oshishini xohlaydi.
Madrid klubi bitim qiyin bo'lishini tushunadi. Ispanlar forvardga "Man Siti"dagidan kamroq maosh taklif qilishmoqda.
Qayd etish kerakki, futbolchining tomonidan qo'yiladigan shartlardan biri - yangi klub Xolandning shartnomasida tovon pulini ko'rsatishi kerak.
21 yoshli forvard joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Xoland Ispaniyaga dam olishga borganida u erdagilarga faoliyatini aynan shu erda davom ettirishini aytgan.