Madrid klubi 22 yoshli Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. "Monako" 50 mln evro va 15 mln bonuslar ko'rinishida olmoqchi.
Qayd etish kerakki, agar "Borussiya" forvardi Erling Xoland "Real"ga o'tsa, Tchuamenining transferi sotuvlarga bog'liq bo'ladi. Agar norvegiyalik borasida bitim amalga oshmasa, francuzning yozda Madrid klubi tarkibiga qo'shilishi deyarli malum bo'ladi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.