"Barselona"ning 21 yoshli o'ng qanot himoyachisi "Galatasaroy" (2:1)ga qarshi Evropa Ligasi 1/8 final javob o'yinining 56-daqiqasida almashtirildi. Amerikalikning orqa son mushaklari jarohatlangan. Dest bir necha haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
SHunday ekan, uning "Real"ga qarshi La Liga 29-tur doirasida o'ynamasligi aniq.
35 yoshli markaziy himoyachi 81-daqiqa maydonni tark etdi, u mushaklarida noqulaylik his qildi. Uning klasikoda ishtirok etishi so'roq ostida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 20 mart kuni "Real" bilan o'ynaydi.