"Biz xarakter ko'rsatdik, ajoyib o'yin. Bunday qiyin maydonda kambek qilish... Bu yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanishdi, huddi birinchi o'yinda bo'lgani kabi. Biz qachon hujum qilish lozimligini tushunib olgandik. Umuman olganda barchasi yaxshi, futbolchilar uchun xursandman. Biz mana shunday qiyin stadionda g'alaba qozona oldik.
Hisobni tezda tenglashtirganimiz muhim bo'ldi. Biz bosim qildik, xotirjamlikni saqlab qoldik. O'yin taqdirini tezroq hal qilib qo'yishimiz ham mumkin edi.
Keyingi raqibimiz kim bo'lishini bilmaymiz. Bunday o'yinlar uchun tajribamiz yo'q. Ammo biz xursandmiz. Biz chorak finaldamiz va bu evrokubok hisoblanadi. O'sish uchun navbatdagi qadam bo'ldi.
Anchadan beri yutqazmayapmiz. Biz "Bernabeu"ga boramiz. "Real" kuchli, ammo biz kurashamiz", - dedi Xavi.